33-maktabda “So`nggi qo`ng`iroq” tadbiri ko`tarinki ruhda tshkil etildi.

Chortoq tuman 33 maktabda “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbiri koʻtarinki ruhda tashkil etildi. Tadbirda tuman hokimligi, tuman xalq talimi bolimi vakili, keng jamoatchilik, ota-onalar ishtirok etdilar. Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlandi. Shundan soʻng, bitiruvchilarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning bayram tabrigi oʻqib eshittirildi. Oʻquvchi-yoshlarni musiqiy chiqishlari barchaga zavq bagʻishladi.

Posted in Uncategorized | Leave a comment

Kitobxonlik haftaligi doirasida kitobxon o’quvchilar faol ishtirok etmoqdalar.

Namangan viloyati Chortoq tumani 34-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida Kitobxonlik haftaligi doirasida kitobxon o’quvchilar 9-sinf o’quvchisi Abdurahmanova Nihola Said Ahmadning”Ufq” 7-sinf o’quvchisi Abdullayev Jo’rabek Dundar Alp”Sarqning eng buyuk hukumdori, Abduraimova Muyassar “Kuntug’mish”dostoni, Shodmonova Ruhshona Oybekning “Qutlug’qon” romani o’zlari sevib o’qigan asarlari haqida so’zlab berishdi

Posted in Uncategorized | Leave a comment

“So‘nngi qo‘ng‘iroq” tadbirini tashkil etish va namunali o‘tkazish tartibi kelishib olindi.

Chortoq tuman xalq ta‘limi bo‘limiga qarashli 5-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabida tuman xalq ta‘limi bo‘limi hodimlari va maktab direktorlari ishtirokida ertaga o‘tkaziladigan “So‘nngi qo‘ng‘iroq” tadbirini tashkil etish va namunali o‘tkazish tartibi haqida targ‘ibot ishlari olib borildi.

Posted in Uncategorized | Leave a comment

Xalq ta‘limi tizimini isloh qilish bo‘yicha Chortoq tuman Kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Xalq ta‘limi tizimini isloh qilish bo‘yicha Chortoq tuman Kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

5-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabida o‘tkazilgan yig‘ilishda Kengash huzuridagi ishchi guruh va tuman xalq ta‘limi bo‘limi hodimlari, maktab direktorlari va 5-maktab pedagoglari ishtirok etdilar.

Tuman hokimi, Kengash raisi Anvarjon Otaxodjayev o‘tgan yig‘ilishda muhokama qilingan maktablar holati bo‘yicha gapirib, tumanda maktab ta‘limini rivojlantirish, bu boradagi kelgusidagi ustuvor vazifalarga to‘xtaldi.

Shundan so‘ng, mobil metodik guruh tomonidan 5-maktabda olib borilgan o‘rganish natijalari tanqidiy-tahliliy tarzda ko‘rib chiqilib, muhokama qilindi. Aniqlangan kamchiliklar tahlil etilib, maktab rahbariyatidan ma‘suliyat so‘raldi. Yig‘ilishda soga hodimlari oldida turgan kelgusi vazifalar belgilab berildi.

Posted in Uncategorized | Leave a comment

Respublikasi Vazifalar Mahkamasining 2022 yil 19-maydagi PQ-271-sonli qarori mazmun-mohiyati tushuntirish maqsadida ota-onalar yig’ilishi o’tkazildi.

Chortoq tuman xalq ta’limi bo’limiga qarashli 32-umumta’lim maktabida O’zbekiston Respublikasi Vazifalar Mahkamasining 2022 yil 19-maydagi PQ-271-sonli qarori mazmun-mohiyati tushuntirish maqsadida ota-onalar yig’ilishi o’tkazildi. Yig’ilish boshida MMIBDO’ T.Tursunov ishtirokchilarga davlat umumiy o’rta ta’lim muassasalari o’quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formalari shakllari va joriy etish tartibi,kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalar farzandlari uchun maktab formasini mahalliy byudjetning qo’shimcha manbaalari, “Temir daftar,”Ayollar daftari va”Yoshlar daftari” jamg’armalari tomonidan sotib olinishi bo’yicha ma’lumotlar berdi. Yig’ilishda so’zga chiqqan ota-onalar qaror boyicha ijobiy fikr bildirgan xolda o’z taklif va mulohazalarini bildirdilar. Yig’ilish so’ngida yakuniy qaror qa’bul qilindi.

Posted in Uncategorized | Leave a comment

Xalqaro Pedagoglar Аssotsiatsiyasi grantiga sazovor boʼldi.

Tabriklaymiz.
Chortoq tumanidagi 5-sonli DIMIning matematika fani oʼqituvchisi, isteʼdodli pedagog Qobiljon Qosimov Xalqaro Pedagoglar Аssotsiatsiyasi grantiga sazovor boʼldi va diplom bilan taqdirlandi.

Posted in Uncategorized | Leave a comment

“Zukko kitobxon” intelektual oʻyinining navbatdagi final bosqichi oʻtkazildi.

Tumandagi 10-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida “Zukko kitobxon” intelektual oʻyinining navbatdagi final bosqichi oʻtkazildi. Intelektual oʻyinda 8-A sinfning “Yosh yulduzlar” jamoasi, 8-B sinfning “Isteʼdodli kitobxon” jamoasi, 10-A sinfning “Istiqlol” jamoalari Togʻay Murodning “Yulduzlar mangu yonadi” nomli qissasi asosida bellashdilar. Jamoalar berilgan 30 ta savolga quyidagicha javob berdi: “Yosh yulduzlar” jamoasi 7 ta toʻgʻri javob, “Isteʼdodli kitobxon” jamoasi 20 ta toʻgʻri javob va “Istiqlol” jamoasi 17 ta toʻgʻri javob berdilar. Umumiy ballar hisobiga koʻra “Istiqlol” jamoasi 120 ball bilan 1-oʻrin, “Isteʼdodli kitobxon” jamoasi 119 ball bilan 2-oʻrin va “Yosh yulduzlar” jamoasi 97 ball bilan 3-oʻrinni qoʻlga kiritishdi. Gʻolib jamoalarni taqdirlash 25-may kuni “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirida boʻladi. Intelektual oʻyinni ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi M.Mamatqosimova va maktab kutubxona mudiri B.Hamroxoʻjayevlar oʻtkazdilar.

Posted in Uncategorized | Leave a comment

21-sonli umumta’lim maktabida seminar tashkil etildi.

Chortoq tuman Xalq ta’limi bölimiga qarashli 21-sonli umumta’lim maktabida 2022 yil 21 may kuni “Aniq va tabiiy fanlarni oʻqitishda zamonaviy AKT vositalaridan foydalanish va oʻquvchilarning BKMlarini kengaytirishda innovatsion yondashuv” doirasida oʻtkazilgan amaliy seminarda geografiya biologiya kimyo fanlaridan ochiq darslar tashkil etildi.

Posted in Uncategorized | Leave a comment

21-may “Kutubxonachilar kasb bayrami” kuni!

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi “O’zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko’rsatishni yanada takomillashtirish to’g’risida”gi 4354-sonli qaroriga asosan, bugun 21-may “Kutubxonachilar kasb bayrami” kuni munosabati bilan “O’zbegim” tantanalar majmuasida tumandagi ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan kutubxona hodimlari uchun bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirga tuman xalq talimi bolimi orinbosari A.Akbarov tashrif buyurdi va bayram ishtirokchilarini tabrikladi. Tumandagi 44-sonli umumiy orta talim maktabi kutuxonachisi Oxunova Munojat opani nafaqaga kuzatildi. Kutubxonachilarga faxriy yorliq va esdalik sovg`alarini topshirdi.
👉https://t.me/chortoqt_xtb
👇👇👇👇👇👇👇👇👇
https://www.facebook.com/groups/1020634188706212/permalink/1220905388679090/?app=fbl

Posted in Uncategorized | Leave a comment

Чортоқ туман халқ таълими бўлимига қарашли умумтаълим мактабларда 2022 йил 19 май “Профилактика куни” ҳамда Умумтаълим мактабларида 2021-2022-ўқув йилини якунлаш ва “Сўнгги қўнғироқ” тадбирларини ўтказиш тартиби

Чортоқ туман халқ таълими бўлимига қарашли умумтаълим мактабларда 2022 йил 19 май “Профилактика куни” ҳамда Умумтаълим мактабларида 2021-2022-ўқув йилини якунлаш ва “Сўнгги қўнғироқ” тадбирларини ўтказиш тартиби муносабати билан халқ таълими бўлимининг буйруғига биноан мактабларнинг маънавий-маърифий ишлар бўйича директор ўринбосарлари, чақирувга қадар бошланғич тайёргарлик раҳбарлари ва профилактика инспекторлари иштирокида тадбир ўтказилди.
Мактаблардаги барча синфларда “Давомат” тадбири асосида таълим тарбия жараёнидаги амалга оширилаётган ишлар, ҳамда 25 май 2021-2022 ўқув йили якунланиши муносабати ўтказиладиган “Сўнгги қўнғироқ” тадбирлари Халқ таълими вазирлиги ва Вилоят халқ таълими бошқармаси тавсиясига асосан фақат 1-даврда соат 8-00 дан 8-45 гача мактаб ховлисида ўтказилиши, тадбирдан сўнг барча дарслар ўз вақтида бўлиши, тадбирдан сўнг соат 17-00 қадар мактабда ташкил этиладиган тўгарак ва танловларда фаол иштирок этиш юзасидан ҳар бир синфда тушунтириш ва тарғибот ишлари олиб борилди.

Posted in Uncategorized | Leave a comment