Chortoq tuman xalq ta`lim bo`limi

Bir tishlam motivatsiya !

Bir tishlam motivatsiya !
Bir tishlam motivatsiya !

Seni kecha budilnik qo'yishga majbur qilgan narsa nima ? Seni ulkan orzular qilishga majbur qilayotgan narsa nima ? Seni kelajakka maqsadlaringni bog'layotgan narsa nima ? Seni o'z ustingda ishlab rivojlanishga undayotgan narsa nima ?
Umid...
"Umid oxiri o'ladi... Noumid shayton..."
Bolaligingda kim bo'lasan deb so'rashsa, Prezident bo'laman der eding. Ota onamni hajga olib boraman der eding. Limuzin olib beraman der eding. O'sha payt shubhang bormidi ?
Stiv Jobs haqida birinchi bor o'qiganingda, "men ham olamni o'zgartiraman" deb qaror qilgan eding.
Orzu...
Do'stim, bilaman Sen dunyoga foydasi tegadigan buyuk inson bo'lishni xohlaysan. Lekin, qattiq xohlamayapsan. Xohishing Seni uxlamasdan harakat qilishga, kitoblar o'qishga, urinib ko'rishga majbur qila olmayapti. Agar, bugun boshlamasang, orzularing yana necha yillar navbat kutarkin ?! Bora bora orzularing soni ham, sifati ham kamayib ketaveradi...

Sen juda ko'p buyuklar tarixini o'rganding.
Unutma tarixni nafaqat o'qishadi, uni yaratishadi ham. O'zini o'zgartira olgan, insonlar qalbiga yo'l topa olgan, tinmay mehnat qilgan Afsonalar o'z tarixini yozadi va qolganlar uni hayrat bilan o'qiydi !

Boshlash uchun hech qachon kech emas!

07:09