Chinakam intellektlar sinovi tarzida oʼtgan bahslarda Chortoq tumanidagi 22-maktabning ona tili va adabiyoti fani oʼqituvchisi Zamira Аbdullaeva 243,7 ball bilan gʼolib chiqib, Prezident sovgʼasi – “Spark” avtomobili sohibasi boʼldi. Gʼolib oʼqituvchi oʼzi faoliyat olib borayotgan maktabda tantanali kutib olindi. Tadbirda tuman hokimi, viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi, tuman boʼlimi vakillari, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʼlimi rahbari, maktab jamoasi – ustoz-muallimlar, oʼquvchi yoshlar qishloq ahli hamda keng jamoatchilik ishtirok etdilar. Tantanada soʼz olganlar Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda kitobxonlikka qaratilayotgan eʼtiborga alohida toʼxtalib, shuning ifodasi sifatida respublika miqyosida yuksak eʼtirof qozongan isteʼdodli muallimaga yoshlar kamoli va ilm-maʼrifat yoʼlidagi samarali faoliyatda omad va muvaffaqiyat tiladilar.

Leave a Reply

Your email address will not be published.