Chortoq madaniyat markazida tuman hokimligi, xalq taʼlimi boʼlimi va madaniyat markazi hamkorligida Oʼzbekiston xalq shoirasi Zulfiyaxonim tavalludining 108 yilligi munosabati bilan adabiy-badiiy bayram tadbiri boʼlib oʼtdi. Unda adabiyot ixlosmandlari, shoir va yozuvchilar hamda sheʼriyatga oshno qalb egalari ishtirok etishdi. Tuman madaniyat markazi hamda 48-umumtaʼlim maktabi oʼquvchilari tomonidan turli badiiy chiqishlar namoyish etildi. Sahna koʼrinishlarida Zulfiyaning hayot yoʼli barchaga ibrat sifatida namoyish etildi.