Respublika bo‘yicha sovuq havo haroratining saqlanib qolayotganligi, ta’lim tashkilotlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan issiqlik va elektr ta’minotidagi uzilishlari hamda o‘quvchilar o‘rtasida mavsumiy gripp kasalligining keskin ko’payishini oldini olish, shuningdek, Namangan viloyat hokimligining 2023-yil 16-yanvardagi 01/10-248-sonli yig‘ilish bayonida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, sovuq ob-havo sharoitinig saqlanib qolayotganligi hamda jamoat transportida uzilishlar bo‘layotganligi sababli umumta’lim tashkilotlarida joriy yilning 16-22-yanvar kunlari qo‘shimcha qishki ta’til belgilanishini, qo‘shimcha ta’til kunlari davomida ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan rahbar xodimlar, tarbiyachilar, pedagoglar, boshqa xodimlarga va mehnatiga soatbay haq to‘lanadigan xodimlarga amaldagi ish haqi to‘lovlari saqlangan holda to‘lab borilishi ta’minlanishini, ta’lim muassalarida o‘quv yilining III-choragining boshlanish kuni |2023-yil 23-yanvar etib belgilanishini, ta’lim muassasalari rahbarlari -o‘quvchilariga 2022/2023 o‘quv yili uchun berilgan qishki ta’til 2023-yil 23-yanvarga qadar uzaytirilishi munosabati bilan joriy yilning 16-22-yanvar kunlariga rejalashtirilgan dars mashg‘ulotlari o‘quv yili davomida boshqa mavzularda tig‘izlashtirib o‘qitilishini ta’minlagan holda 2023-yilning 23-yanvaridan boshlab to‘liq amalga oshirilishini ta’minlash;“Elektron kundalik” tizimida 16-22-yanvar kunlari qo‘shimcha ta’til kuni etib belgilanishini ta’minlash vazifasi yuklatilsin.

Leave a Reply

Your email address will not be published.