Namangan viloyati musiqali drama teatrida tashkil etilgan “Prezident archasi” tantanasiga viloyatning barcha shahar va tumanlaridan 278 nafar maktab oʼquvchilari, bolajonlar taklif etildi. Muhtaram Prezidentimizning kelajagimiz egalariga koʼrsatayotgan mehr-eʼtibor va gʼamxoʼrliklari, yurtimizdagi bolajonlikning yorqin ifodasi sifatida oʼtgan tadbirda viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Shavkatjon Аbdurazzaqov oʼgʼil-qizlarni Yangi yil bilan tabriklab, oʼqishda, yangi marralar sari intilishda omad va zafarlar tiladi. Bolajonlarga “Prezident sovgʼasi” tantanali tarzda topshirildi. Koʼtarinkilik bilan oʼtgan tantana, “Vaqt kaliti” nomli sahnalashtirilgan spektakl, undagi ertak qahramonlarining sarguzashtlari, quvnoq kuy-qoʼshiqlar bolajonlar qalbini bir olam shodlikka toʼldirdi.

Leave a Reply

Your email address will not be published.