
Bugun 28 dekabr kuni Chortoq tuman xalq taʼlimi boʼlimiga qarashli 46-sonli umumtaʼlim maktabida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy majlisdagi Murojaati yuzasidan Taʼlimni sifat va samaradorligini rivojlantirish masalasida ota-onalar yigʼilishi oʼtkazildi.
Yigʼilishda Murojaatnomadan kelib chiqqan holda taʼlim sifatini oshirish boʼyicha oʼz fikr va mulohazalarini bildirdi. Sifatli taʼlim berilishida ota-onalar ham birdek masʼulligi toʼgʼrisida gapirib oʼtdi. Shundan soʼng, ota-onalar murojaatnomadan olgan taassurotlari, bu borada kelgusida oʼqituvchilar bilan yelkadosh boʼlib farzandlari kelajagi uchun birdek qaygʼurishlarini va sifatli taʼlim olishlari uchun yetarli imkoniyatlar borligini bildirishdi.
2022 yilda Chortoq tumanidagi 5 ta maktabda rekonstruktsiya, mukammal taʼmirlash qurilish ishlari amalga oshirilib, ushbu maqsadlar uchun 21 milliard soʼm mablagʼ sarflandi.