Chortoq tajribasi va yoʼlga qoʼyilayotgan tashabbuslar alohida taʼkidga loyiq. Xususan, maktablarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularda zamonaviy imkoniyatlar yaratishda byudjet tomonidan ajratilayotgan mablagʼlar bilangina kifoyalanib qolmasdan barcha qoʼshimcha imkoniyatlar ishga solinmoqda.

Yakuniga yetayotgan 2022 yil sarhisobiga nazar tashlanadigan boʼlsa, tumanda byudjetdan tashqari mablagʼlarni shakllantirish va ulardan samarali foydalanishga alohida eʼtibor qaratildi. Natijada tumandagi 28 ta umumtaʼlim maktabida tashkil etilgan issiqxonalardan olingan 2 mlrd soʼmdan ziyod mablagʼ maʼrifat dargohlarini zamonaviy jizozlash, ularga kompьyuter texnologiyalari va mulьtimedia vositalari olish, tashabbuskor va faol oʼqituvchilar, iqtidorli va isteʼdodli oʼquvchilarni ragʼbatlantirishga yoʼnaltirildi.

Yangi davrga xos qulaylik, sharoit va imkoniyatlar haqida gap ketganda, Davlatimiz tomonidan yangi taʼlim muassasalari bunyod etish va mavjudlarini kapital rekonstruktsiya qilishga qaratilayotgan eʼtiborni alohida taʼkidlash joiz.

2022 yilda Chortoq tumanidagi 5 ta maktabda rekonstruktsiya, mukammal taʼmirlash qurilish ishlari amalga oshirilib, ushbu maqsadlar uchun 21 milliard soʼm mablagʼ sarflandi.

Leave a Reply

Your email address will not be published.