Byudjetdan tashqari mablagʼ topish taʼlimda sifat va samaradorlik ortishiga, moddiy-texnika bazani rivojlantirish barobarida oʼziga xos tashabbuslarda muhim ahamiyatga ega.
Chortoq tumanida bu borada samarali faoliyat koʼrsatayotgan maktablar talaygina. Birgina misol, tumandagi 28 ta maktabda tashkil etilgan issiqxonalar yaxshigina daromad keltirmoqda. Boshlangʼich sinflardan boshlab pullik toʼgaraklar, oʼquv kurslari faoliyati, bino ijarasi va boshqa xizmatlarni yoʼlga qoʼyilayotgani moddiy imkoniyatlarga keng yoʼl ochmoqda. Pullik taʼlim tizimini amaliyotda qoʼllash borasidagi izchil faoliyat ustoz-muallimlarni ragʼbatlantirishda ham qoʼl kelmoqda. Oʼquvchilarning iqtidor va qobiliyatini yuzaga chiqarish barobarida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldi olinmoqda.
Bugun 6- va 40-maktablarda tashkil etilgan seminarlar ayni shu mavzuga qaratilgani bilan ahamiyatli boʼldi. Tuman prokurori tashabbusi bilan tashkillangan bu tadbir ishtirokchilar uchun har ikki maktabda byudjetdan tashqari mablagʼ shakllantirish va undan samarali foydalanish boʼyicha toʼplangan tajribani oʼrganish imkonini berdi.
Tuman prokurori Аbdulbosit Nurmatov, viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʼi Аnvarjon Mahkamov, tuman hokimining oʼrinbosari Dilfuza Hakimovalar seminardan koʼzlangan maqsad, kutilayotgan natijalar haqida toʼxtalib, maktab direktorlariga oʼz taklif va tavsiyalarini berdilar. Bu borada namunali ish tashkil etgan maktablar rahbariyati eʼtirof etilib, ularga tuman prokuraturasining tashakkurnomasi va qimmatbaho sovgʼalari topshirildi. Bayramona tarzda oʼtgan tadbirda oʼquvchilarga sovgʼalar bilan yangi yil quvonchi ulashildi

Leave a Reply

Your email address will not be published.