Chortoq tumanidagi XTBga qarashli 53-sonli DIUMda Yangi yil bayrami har yili o‘zgacha shukuh, o‘zgacha zavq bilan kutib olinadi.
Bugungi Yangi yil bayram tadbirini O‘TIBDO‘ T.Xakimov MMIBDO‘ Sh.Nabiyev so‘zga chiqib 2022- yildagi erishilgan yutuqlarni sarhisob qildilar: 2022- yil maktabimiz hayotida yutuqlarga boy, unutilmas yillardan biri bo‘ldi. Yangi 2023- yil barchangizga yangi omad va muvaffaqiyatlar yili bo‘lsin.Bugungi yaxshi kayfiyat yil davomida hamrox bo‘lsin deb bayram tadbirini ochib berdilar.So‘ngra bayram go‘zal kuy – qo‘shiqlar, she’rlar, o‘yin – kulgular bilan davom etdi.
O‘quvchilar tomonidan tashkillangan “Yangi yil sarguzashtlari” bayram tadbiri juda ham sermazmun o‘tdi.
Yangi yil yangi orzular, oppoq qordek beg‘ubor, sof tuyg‘ular nishonasidir. Yangi yil kechasida barcha bir-biriga ezgu tilaklar tiladi. Yaxshi niyatlar ila bayram kechasi yakuniga yetdi.

Leave a Reply

Your email address will not be published.