2022-yil 28-oktabr kuni Namangan viloyati Chortoq tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 8-IDUMda “Educare.uzedu.uz, Olympiad.uzedu.uz, Artshop.uzedu.uz electron resurslaridan foydalanish” mavzusida viloyat o‘quv seminari o’tkazildi.

O’quv seminar davomida 8-IDUM Oliy toifali ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Inoyatova Shoira Maxamadjonovna
“Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni bo‘yicha mustahkamlash” mavzusida 9-A sinfda tashkil etilgan adabiyot fanidan ochiq dars mashg‘uloti (maktab.uz saytidan foydalangan holda), 8-IDUM Ikkinchi toifali geografiya fani o‘qituvchisi Rizayeva Aziza Jaloliddinova аmaliy mashg’ulot “Vulqon maketini yasash” mavzusida 6-A sinfda tashkil etilgan Tabiiy fandan dars mashg‘uloti (Science fani misolida), 8-IDUMda Birinchi toifali boshlang’ich sinf o‘qituvchisi Xolmatova Nasibat Murodillayevna “Qo‘shish natijalarini tekshirish usullari” mavzusida 2-A sinfda tashkil etilgan Matematika fanidan (maktab.uz saytidan foydalangan holda) ochiq dars mashg’uloti hamda “Educare.uzedu.uz, Olympiad.uzedu.uz, Artshop.uzedu.uz electron resurslaridan foydalanish” mavzusida 8-IDUM informatika fani o‘qituvchisi Yusupova Nozimaxon Xusnitdinovna hamda 53-DIUM informatika fani o‘qituvchisi Mehmanova Yulduzxon Ulug’bekovnalar tomonidan mashg`ulotlar olib borildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published.