Chortoq tuman xalq ta’limi bo'limiga qarashli 12-,40-sonli umumiy o`rta ta'lim maktablarida informatika fani o`qituvchilari ishtirokida Vazirlar mahkamasining "Yoshlarni "Bir millionchi dasturchi loyihasi doirasida o‘qitish bo’yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to’g‘risida”gi 2021-yil 29-noyabrdagi 716-sonli qarori ijrosi bo`yicha maktabga yangi keltirilgan kompyuter texnikasi vositalarini o‘rnatish va lokallashtirish ishlari bo‘yicha o‘quv seminar tashkil etildi. O‘quv jarayonida kompyuterlarga lokal tarmoq tortildi. O‘qituvchilar jarayonni barcha kompyuterlarga lokal tarmoq tortilishi, internet va tarmoq sozligi tekshirilib ischi holatga keltirib berilish jarayonini amaliy tarzda bajarib ko‘rishdi.

Leave a Reply

Your email address will not be published.