Namangan viloyati Chortoq tumani xalq ta’limi bo’limiga qarashli umumta’lim maktablarining tabiiy fan o’qituvchilari ishtirokida xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 1-avgustdagi 2022-2023-o’quv yili “Ustozlar Milliy forumi”ga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish to’g’risida”gi 250-sonli, viloyat xalq ta’limi boshqarmasining 2022-yil 17-avgustdagi 106-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida 2022-yil 24-avgustda tumandagi 46-maktabda “Ustozlar milliy forumi”ning tuman bosqichi o’tkazildi. Ustozlar Milly forumida yangi milliy o’quv dasturi va u asosda yaratilgan darsliklar va ulardagi o’zgarishlar, amaliy mashg’ulotlar, loyixa ishlarini bajarilish tartiblari, yangi o’quv yilida ta’lim tarbiya sifatini yanada yaxshilash kabi masalalar yuzasidan tuman tabiiy fanlar metodisti Sh.Qodirova, trener o’qituvchilar Z.Boymirzayeva, M.Qutupova, U.Abdurazaqovalar yuqoridagi mavzularda taqdimotlar qilishdi. Shundan so’ng forum ishtirokchilari o’rtasida tajriba almashish maqsadida turli trening mashg’ulotlar o’tkazildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published.