Namangan viloyati Chortoq tumani xalq ta’limi bo’limiga qarashli umumta’lim maktablarining aniq fan metod birlashma rahbarlari ishtirokida xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 1-avgustdagi “2022-2023-o’quv yili “Ustozlar Milliy forumi”ga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish to’g’risida”gi 250-sonli, viloyat xalq ta’limi boshqarmasining 2022-yil 17-avgustdagi 106-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida 2022-yil 24-avgust kuni tumandagi 9-maktabda “Ustozlar milliy forumi”ning tuman bosqichi o’tkazildi. Ustozlar Milly forumida yangi milliy o’quv dasturi va u asosda yaratilgan darsliklar va ulardagi o’zgarishlar, amaliy mashg’ulotlar, loyixa ishlarini bajarilish tartiblari, yangi o’quv yilida ta’lim tarbiya sifatini yanada yaxshilash kabi masalalar yuzasidan tuman aniq fanlar metodisti E.Qosimov, trener o’qituvchilar Q.Qosimov va B.Umrzaqovlar yuqoridagi mavzularda taqdimotlar qilishdi.

Leave a Reply

Your email address will not be published.