Forumda Chortoq tuman xalq taʼlimining bugungi holati, kelgusidagi reja va maqsadlar, yangi oʼquv yiliga tayyorgarlik masalalari muhokama etildi.
Bugungi kunda tumanda 55 ta maktab, 1 ta Davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internat, 1 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabi faoliyat yuritmoqda. 35 973 nafardan ortiq oʼquvchiga 2755 nafar pedagog-oʼqituvchilar taʼlim-tarbiya bermoqdalar. 2021-2022 oʼquv yilida umumtaʼlim muassasalarining 11-sinfini bitirgan 1940 nafar yoshlarning 53 nafari oltin, 9 nafari kumush medallar bilan tamomladilar.
2022-2023-oʼquv yilida maktablarga 4126 nafar oʼquvchilar 1-sinfga qabul qilish rejalashtirilgan.
Forumda tuman hokimi oʼrinbosari Dilfuza Hakimova ishtirok etdi va taʼlim sifatini oshirish yuzasidan oʼz fikrlarini bildirdi.
Chortoq tuman xalq taʼlimi boʼlimiga qarashli 10-sonli umumtaʼlim maktabi direktori Soʼfixoʼjaev Ziyoviddin “Milliy oʼquv dasturi asosida darslarni rejalashtirish” va “Kelajak oʼqituvchisi” mavzularida forum qatnashchilariga oʼz tadimotini nomoyish etdi.
Forumda 2021-2022-oʼquv yilida fidokorona mehnat qilgan fidoiy ustozlar munosib taqdirlandi.

Leave a Reply

Your email address will not be published.