O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 22-iyuldagi 239-sonli “2022-2023-o’quv yilida Namangan va Sirdaryo viloyatlari umumta’lim muassasalarining boshlang’ich sinflarida ona tili va o’qish savodxonligi hamda matematika fanini tajriba-sinovdan o’tkazish va o’qituvchilarning malakasini oshirish to’g’risida”gi buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida Chortoq tuman xalq ta’limi bo’limiga qarashli 46-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida Yangiqo’rg’on, Uychi, Uchqo’rg’on va Chortoq tumanlarining ikkinchi bosqich trenerlar uchun 8-11-avgust kunlari 150 nafar o’qituvchilari uchun o’quv mashg’ulotlari o’tkazildi.
Tadbir yakunida Chortoq tuman xalq ta’limi bo’limi mudiri F.Bahodirov, mudir o’rinbosari А.Аkbarovlar tashrif buyurib, boshlang’ich sinf o’qituvchilarining yangi milliy dastur asosida viloyat miqyosida tashkil etilgan o’quv-seminar ishtirokchilari bilan uchrashdi. Ularga yangi o’quv yilida omadlar tiladi.
🔹Chortoq tuman xalq ta’limi bo’limining rasmiy axborot va matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published.