Chortoq tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 8-sonli IDUMda 2022-yil 22-iyul kuni Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosarining 2022-yil 9-iyundagi 04-558-sonli topshirig‘i ijrosi bo‘yicha Namangan viloyati xalq ta’lim boshqarmasining 11-iyundagi 02-08/2-1514 sonli xati ijrosini ta’minlash bo‘yicha “Ta’lim muassasalarini samarali tashkil etish va boshqarish uchun Google Form, Google Calendar dasturiy mahsulotlaridan foydalanish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Seminar-treningga tumandagi 57 ta umumta’lim maktablari informatika fani o‘qituvchilari ishtirok etdilar. Seminar-treningda o‘qituvchilarga mavzu bo‘yicha kerakli tushunchalar berildi. Google Form, Google Calendar dasturiy mahsulotlaridan keng foydalanish bo‘yicha video qo‘llanmalar orqali ya’nada batafsil tushuntirib berildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published.