2022-2023 oʼquv yilidan boshlab davlat maktablarida oʼquvchilar uchun maktab formasi toʼliq joriy etiladi. Davlat umumiy oʼrta taʼlim muassasalari oʼquvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasining shakllari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab berilgan tartibda boʼlishi maqsadga muvofiqdir.

❗️Yagona maktab formalarining shakllari quyidagicha boʼlishi lozim:

❕1-6 SINFLАR UChUN:

👉Koʼylak oq, 100% paxtadan oddiy klassik bichimda, yengi kalta variantda ham tikiladi.

👉Nimcha koʼk, koʼk katak 65% paxta, 35% poliesterdan tikiladi. Oʼgʼil bolalar nimchasining old tarafida koʼk katak matodan foydalaniladi. Qiz bolalar nimchasining yonida yolgʼon choʼntak tikiladi.

👉Shim koʼk, 65% paxta, 35% poliesterdan tikiladi. Shimning old qismida strelka va ikki yonida choʼntaklari bor. Shim kiyib yurilganida oyoqning toʼpigʼi yopiq holatda boʼlishi taʼminlanishi shart.

👉Yubka koʼk katak 65% paxta, 35% poliesterdan trapetsiya shaklida tikiladi va yon qismida toʼrtta yigʼma boʼladi. Yubka kiyib yurilganida tizzadan tepasini toʼliq yopishi va tizzadan pastga koʼpi bilan 8 santimetrgacha uzaytirilishi mumkin.

👉Engil kurtka koʼk, 65% paxta, 35% poliesterdan erkin bichimda tikilib, yoqa va manjet qismida rezina material va ikki yonida choʼntaklari boʼlishi lozim.

❕7-11 SINFLАR UChUN

👉Koʼylak oq, 70% paxta, 30% poliesterdan klassik uslubda tikilib, yengi uzun va kalta variantlarda ham tikiladi.

👉Nimcha toʼq koʼk, 45% paxta, 55% poliesterdan tikiladi. Oʼgʼil bolalarning nimchasida ikki qator tugma va qizlarnikida bir qator tugma mavjud boʼlishi kerak.

👉Shim toʼq koʼk, 45% paxta, 55% poliesterdan tikiladi. Shimning old qismida strelka va ikki yonida choʼntaklari boʼlishi lozim. Shim kiyib yurilganda oyoqning toʼpigʼi yopiq holatda boʼlishi taʼminlanishi shart.

👉Yubka toʼq koʼk, 45% paxta, 55% poliesterdan, tizzadan yuqori boʼlmagan, klassik uslubda tikiladi. Yubka kiyib yurilganida tizzadan tepasini toʼliq yopishi va tizzadan pastga koʼpi bilan 12 santimetrgacha uzaytirilishi mumkin.

👉Pidjak toʼq koʼk, 45% paxta, 55% poliesterdan, klassik uslubda tikilib, relьef vitochkalari va choʼntaklari boʼlishi lozim.

Leave a Reply

Your email address will not be published.