Chortoq tuman xalq ta’limi bo’limiga qarashli 32-umumta’lim maktabida “Kitobxonlik xaftaligi” doirasida “Kitoblarda bor xaqiqat” mavzusida tadbir o’tkazildi. Tadbir boshida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning “Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi” kitobi bo’yicha fikr almashildi. Maktab kutubxonachisi D. Usmanova va o’quvchilar tomonidan Deyl Karnegining “Dostlar orttirish va odamlarga ta’sir ko’rsatish”, Yosteyn Gorderning “Apelsin qiz”, Korolinkoning “Ko’r musiqachi” asarlari tahlili o’tkazildi. O’tkazilgan kitobxonlik tadbiridan o’quvchilar bir olam ma’naviy ozuqa oldilar.

Leave a Reply

Your email address will not be published.