Chortoq tumanidagi 19-umumtaʼlim maktabini 691 nafar oʼgʼil-qiz ilm-maʼrifat bilan kamolot pillapoyalaridan odimlab borayotgan joriy oʼquv yilida 57 nafar bitiruvchi tamomlamoqda. Mazkur umumtaʼlim muassasasida tashkil etilgan “Soʼnggi qoʼngʼiroq” tadbiriga jam boʼlgan maktabning sobiq bitiruvchilari, hayoti va faoliyatini maorif ravnaqiga bagʼishlagan faxriy oʼqituvchilar, ustoz-muallimlar va ota-onalar oʼquvchi-yoshlarning quvonchiga sherik boʼlishdi.
Tadbirda ishtirok etgan viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʼi Rustambek Israilov ilm maskani jamoasi va barcha ishtirokchilarni quvonchli shodiyona bilan tabriklab, qalblari orzu-umidlarga limmolim, nigohlari chaqnab turgan bitiruvchilarga ozod yurt ertasiga munosib, zafarli marralarni zabt etishda omad tiladi.

Leave a Reply

Your email address will not be published.