Bugun yurtimizdagi barcha umumtaʼlim maktablarida “Soʼnggi qoʼngʼiroq” tadbirlari boʼlib oʼtmoqda. Yoshlar yetuklik shahodatnomalarini olib, mustaqil hayotga ilk qadamni qoʼymoqda.

🔔 Namangan davlat universiteti rektori, professor Sobitxon Turgʼunov oʼzi tahsil olgan oʼquv dargohi – Chortoq tumanidagi 3-sonli umumtaʼlim maktabida boʼlib, “Soʼnggi qoʼngʼiroq” tadbirida ishtirok etdi. (https://namangantoday.uz/rektor-yzi-ta%D2%B3sil-olgan-maktabdagi-synggi-%D2%9Byn%D2%93iro%D2%9B-tadbirida-ishtirok-etdi)

Sobitxon Turgʼunov barchani tantana bilan qutlab, Prezidentimizning maktablarni bitiruvchi oʼgʼil-qizlarga tabrigini oʼqib eshittirdi. Tabrikdagi: “Hech qachon unutmang, kelajakda sizni yanada ulkan va masʼuliyatli marralar kutmoqda. Oldingizga aniq maqsad qoʼyib, bor kuch-gʼayratingiz, bilim va salohiyatingiz bilan harakat qilsangiz, koʼzlagan choʼqqilarga albatta erishasiz”, degan soʼzlar bitiruvchilar qalbiga yanada oʼzgacha gʼurur bagʼishladi.

Universitet haqida maʼlumotlar berilib, oʼquv yilida iqtidori ila faollik koʼrsatgan oʼquvchilarni munosib taqdirlandi.

Leave a Reply

Your email address will not be published.