Xalq ta‘limi tizimini isloh qilish bo‘yicha Chortoq tuman Kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

5-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabida o‘tkazilgan yig‘ilishda Kengash huzuridagi ishchi guruh va tuman xalq ta‘limi bo‘limi hodimlari, maktab direktorlari va 5-maktab pedagoglari ishtirok etdilar.

Tuman hokimi, Kengash raisi Anvarjon Otaxodjayev o‘tgan yig‘ilishda muhokama qilingan maktablar holati bo‘yicha gapirib, tumanda maktab ta‘limini rivojlantirish, bu boradagi kelgusidagi ustuvor vazifalarga to‘xtaldi.

Shundan so‘ng, mobil metodik guruh tomonidan 5-maktabda olib borilgan o‘rganish natijalari tanqidiy-tahliliy tarzda ko‘rib chiqilib, muhokama qilindi. Aniqlangan kamchiliklar tahlil etilib, maktab rahbariyatidan ma‘suliyat so‘raldi. Yig‘ilishda soga hodimlari oldida turgan kelgusi vazifalar belgilab berildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published.