Chortoq tuman xalq ta’limi bo’limiga qarashli 32-umumta’lim maktabida O’zbekiston Respublikasi Vazifalar Mahkamasining 2022 yil 19-maydagi PQ-271-sonli qarori mazmun-mohiyati tushuntirish maqsadida ota-onalar yig’ilishi o’tkazildi. Yig’ilish boshida MMIBDO’ T.Tursunov ishtirokchilarga davlat umumiy o’rta ta’lim muassasalari o’quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formalari shakllari va joriy etish tartibi,kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalar farzandlari uchun maktab formasini mahalliy byudjetning qo’shimcha manbaalari, “Temir daftar,”Ayollar daftari va”Yoshlar daftari” jamg’armalari tomonidan sotib olinishi bo’yicha ma’lumotlar berdi. Yig’ilishda so’zga chiqqan ota-onalar qaror boyicha ijobiy fikr bildirgan xolda o’z taklif va mulohazalarini bildirdilar. Yig’ilish so’ngida yakuniy qaror qa’bul qilindi.

Leave a Reply

Your email address will not be published.