
Tumandagi 10-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida “Zukko kitobxon” intelektual oʻyinining navbatdagi final bosqichi oʻtkazildi. Intelektual oʻyinda 8-A sinfning “Yosh yulduzlar” jamoasi, 8-B sinfning “Isteʼdodli kitobxon” jamoasi, 10-A sinfning “Istiqlol” jamoalari Togʻay Murodning “Yulduzlar mangu yonadi” nomli qissasi asosida bellashdilar. Jamoalar berilgan 30 ta savolga quyidagicha javob berdi: “Yosh yulduzlar” jamoasi 7 ta toʻgʻri javob, “Isteʼdodli kitobxon” jamoasi 20 ta toʻgʻri javob va “Istiqlol” jamoasi 17 ta toʻgʻri javob berdilar. Umumiy ballar hisobiga koʻra “Istiqlol” jamoasi 120 ball bilan 1-oʻrin, “Isteʼdodli kitobxon” jamoasi 119 ball bilan 2-oʻrin va “Yosh yulduzlar” jamoasi 97 ball bilan 3-oʻrinni qoʻlga kiritishdi. Gʻolib jamoalarni taqdirlash 25-may kuni “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirida boʻladi. Intelektual oʻyinni ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi M.Mamatqosimova va maktab kutubxona mudiri B.Hamroxoʻjayevlar oʻtkazdilar.