Chortoq tuman xalq taʼlimi boʼlimiga qarashli barcha umumiy oʼrta taʼlim maktablarida 2022 yil 19 may “Profilaktika kuni” hamda 2021-2022-oʼquv yilini yakunlash va “Soʼnggi qoʼngʼiroq” tadbirlarini oʼtkazish tartibi munosabati bilan xalq taʼlimi boʼlimining buyrugʼiga binoan maktablarning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha direktor oʼrinbosarlari, chaqiruvga qadar boshlangʼich tayyorgarlik raxbarlari va profilaktika inspektorlari ishtirokida tadbir oʼtkazildi.
Maktablardagi barcha sinflarda “Davomat” tadbiri asosida taʼlim tarbiya jarayonidagi amalga oshirilayotgan ishlar, xamda 25 may 2021-2022 oʼquv yili yakunlanishi munosabati oʼtkaziladigan “Soʼnggi qoʼngʼiroq” tadbirlari Xalq taʼlimi vazirligi va Viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi tavsiyasiga asosan faqat 1-davrda soat 8-00 dan 8-45 gacha maktab xovlisida oʼtkazilishi, tadbirdan soʼng barcha darslar oʼz vaqtida boʼlishi, tadbirdan soʼng soat 17-00 qadar maktabda tashkil etiladigan toʼgarak va tanlovlarda faol ishtirok etish yuzasidan xar bir sinfda tushuntirish va targʼibot ishlari olib borildi.
Tadbir davomida barcha sinflardagi oʼquvchilarni sababsiz dars qoldirsa ota-onalariga qonuniy chora koʼrilishi xaqida ogohlantirdilar.

Leave a Reply

Your email address will not be published.