
Xabaringiz bor, davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarni “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o’qitish maqsadida umumta’lim maktablarini zamonaviy kompyuter texnikalari bilan ta’minlash belgilangan. Mazkur vazifa ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika byudjetidan tumanimizdagi 4-,12-,38-,40-maktablarga kompyuter jamlanmalari yetkazib berildi.
Bundan tashqari, Koreya Respublikasining Eksembank loyihasi doirasida tumaniimizdagi umumta’lim maktablariga 44 ta kompyuter jamlanmalari yetkazib berilmoqda.
Malumot o’rnida: Vazirlar Mahkamasining 716-sonli qaroriga asosan mahalliy byudjetdan 3-,8-,23-,31- maktablar uchun mo’ljallangan kompyuter jamlanmalari ochiq onlayn tanlovga qo’yilgan. Tanlov yakuniga yetgach mazkur kompyuterlar ham yetkazib beriladi.
👉https://t.me/chortoqt_xtb
👇👇👇👇👇👇👇👇👇
https://www.facebook.com/groups/1020634188706212/permalink/1220905388679090/?app=fbl